SOG’LOMLASHTIRISH MAVSUMI YAKUNI

Бош саҳифа

Yoz fasli bolajonlar uchun nihoyatda quvonchli davrdir. Bu davr bolalarning o‘z qobiliyatini yanada to‘liq namoyon etishi uchun kata imkoniyat yaratadi. Yozgi mavsumda mamlakatimizning so‘lim maskanlarida joylashgan sog‘lomlashtirish oromgohlari o‘g‘il-qizlar ixtiyorida bo‘ldi.
Yozgi ta’til vaqtini mazmunli o‘tkazish, o‘quvchilar salomatligini yanada mustahkamlash, yangi o‘quv yilida fanlarni puxta o‘zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yilgi Yoz mavsumida Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida bugungi kunga qadar 5424 nafar bolalar sog‘lomlashtirildi. Jumladan, “Maksam-Chirchiq” AJ tasarrufidagi “Kimyogar” BSOda 1096 nafar, “Farg‘onaazot” AJ tasarrufidagi “Kimyogar” BSOda 1338 nafar, “Navoiyazot” AJ tasarrufidagi “Oftobjon” BSOda 1408 nafar, “Ammofos-Maksam” AJ tasarrufidagi “Chimyon” BSOda 593 nafar, “Dehqonobod kaliy zavodi” MChJ tasarrufidagi “Yosh kimyogar” BSOda 621 nafar, “Andijon biokimyo zavodi” AJ tasarrufidagi “Bo‘ston” BSOda 368 nafar o‘g‘il-qiz maroqli hordiq chiqarishdi.
Har bir korxonada ishlab turgan mehnatkashlarning farzandlari uchun sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanmalar imtiyozli narxlarda belgilangan. Bundan tashqari ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarning 42 nafar farzandlariga bepul yo‘llanmalar ajratildi.
Shuningdek, Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan “Navoiyazot” AJ tasarrufidagi “Oftobjon” BSOda Qoraqalpog‘iston Respublikasining 230 nafar bolalari sog‘lomlashtirildi.Ularning maroqli dam olishlari uchun maxsus dastur asosida bir qator ko‘ngil ochar tomoshalar uyushtirildi. Jumladan, Qoraqalpog‘istonlik bolajonlar bilan birgalikda “Biz bir elmiz, biz bir xalqmiz, biz bir tanu bir jonmiz shiori ostida tadbirlar o‘tkazildi. Dini, urf-odatlari, orzu-maqsadlari mushtarak bo‘lgan o‘zbek-qoraqalpoq do‘stligi yanada mustaxkamlandi.
Har bir oromgohda mavsum davomida bolajonlarning mazmunli dam olishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. Mavsum davomida oromgohlarning sanitariya-gigiena talablariga javob berishi, moddiy-texnik bazasi va yong‘in xavfsizligi ta’minlanganligiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yuvinish xonalari va oshxonalarda issiq ovqat bilan ta’minlash imkoniyatlari ham e’tiborga olindi.
Bolalarning ta’tilni mazmunli o‘tkazishlari uchun tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, unda tanlovlar va sport marafonlari dasturi ham tayyorlandi. Bolalar ko‘p vaqtini qo‘shiq kuylash va raqs, rasm chizish, to‘qish, dizayn, futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi va shaxmat to‘garaklarida o‘tkazdilar.
Mavsum davomida oromgohlarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, adabiy kechalar, sport musobaqalari o‘tkazildi. Birinchi va ikkinchi mavsumlar davomida Respublika qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoalarining qiziqarli spektakl’ va dasturlari bolajonlarga unutilmas quvonch bag‘ishladi.
«Yoz-2022» mavsumi oromgoxlarda dam olgan bolalar hayotida chuqur iz qoldirdi, ular maroqli dam olishib, sog‘liqlarini tiklashdi. Yangi o‘quv yiliga yangi kuch va yangi g‘ayrat bilan borishadi deb umid qilamiz.

Print Friendly, PDF & Email