YOSH MUTAXASSISLARNING ENG MOHIRLARI BELLASHDILAR

Бош саҳифа Янгиликлар

Tarmoq tizimidagi “Navoiyazot” AJ korxonasida mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, o‘zlari tanlagan kasbiga nisbatan hurmat va faxr tuyg‘usini shakllantirish, iqtidorli yoshlarni kasbiy bilim darajasini oshirish, yoshlar orasida sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirish hamda mamalakatimizdagi yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida korxona kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan nizomlar asosida yoshlar o‘rtasida “Eng mohir yosh elektrik”, “Eng mohir yosh chilangar taʼmirlovchi”, “Eng yosh kimyoviy tahlil laboranti”, “Eng mohir yosh metrolog” “Eng mohir yosh apparatchi” ko‘rik-tanlovlari o‘tkazildi.

Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh ishchi-xodimlar kasaba uyushmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email