YOSH MUTAXASSILAR BELLASHDILAR

Бош саҳифа

Tarmoq tizimidagi “Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida “Kimyogarlar kuni” bayrami munosabati bilan “Kimyoviy tahlil laboranti” tanlovining korxona bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovni o‘tkazishdan maqsad yosh mutaxassilarning malakasini oshirish va ularning ilmiy rivojlanishlariga, o‘z ustilarida ishlab borishlariga imkoniyat yaratishdan iborat.

Korxona ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan tanlov nazariy va amaliy topshiriqlar bosqichlaridan iborat bo‘ldi.

Tanlov ishtirokchilari ishlab chiqarish sohasi mutaxassislari va ma’muriyatdan iborat hakamlar hay’ati ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan talabnomalarni ko‘rib chiqdilar va ular tomonidan bajarilgan topshiriqlarni belgilangan mezonlarga muvofiq baholadilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra FMS va KT katta laboranti Sh.G‘aniyeva g‘olib deb topildi. Musobaqa g‘olibi va ishtirokchilari diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email