PIYODA YURISH MARAFONIDA YOSHLAR FAOL ISHTIROK ETDILAR

Бош саҳифа Янгиликлар

Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining “2022-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar Dastur”ning “7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni” munosabati bilan korxona va tashkilotlarda ishlayotgan yoshlar ishtirokida yurish marafonini o‘tkazish” bandiga ko‘ra, tarmoq tizimidagi korxonalar kasaba uyushmalari tomonidan hududlarda o‘tkazilgan marafonlarda faol ishtirok etildi.

Bundan taxminan 2400 yil muqaddam qadimgi yunon tabibi va faylasufi Gippokrat “Piyoda yurish – inson uchun eng yaxshi davo vositasi” deb aytgan edi. Darhaqiqat, yurish tana uchun eng tabiiy jismoniy jarayon hisoblanadi.

7-aprel – “Butunjahon salomatlik kuni” munosabati bilan Navoiy viloyatidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida Navoiy shahridagi “Yoshlik ko‘li” atrofida yurish bo‘yicha “Salomatlik sari” viloyat marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda “Navoiyazot” AJning 100 nafar ishchi-xodimlar, yoshlarlar faol ishtirok etdilar.

 

Print Friendly, PDF & Email