O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PK-112-sonli qaroriga ko‘ra aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko‘rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish, madaniyat va san’at sohasini iste’dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan.
Tarmoq tizimidagi “Farg‘ona kimyo zavodi” MCHJ kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan kasaba uyushmasi a’zolarini madaniy va ma’naviy dam olishlari uchun 45 nafar ishchi-xodimlarga Farg‘ona shahrida joylashgan Islom Karimov nomidagi teatr konsert san’at saroyida tashkil etilgan so‘z ustasi Avaz Oxun konsertiga kasaba uyushma qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan chiptalar xarid qilinib, bepul tarqatildi.
Ishchi-xodimlar va farzandlari konsertda maroqli dam olib qaytdilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: