14-YANVAR ‒ VATAN HIMOYACHILARI KUNI

Бош саҳифа Янгиликлар

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati o‘zining xodimlari uchun bayram konsert dasturi tashkil etdi.

Mamlakatimiz bo‘ylab Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanayotgan bir vaqtda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Farg‘ona viloyati madaniyat saroyida korxona ishchilari bayramni keng nishonladilar. Bayramda filarmoniya xodimlari mehmonlarni Vatanimizni madh etgan kuy-qo‘shiqlari, sahna ko‘rinishlari va konsert dasturi bilan xursand qildilar.

   Bayram dasturida jamiyat kasaba uyushmasi qo‘mitasi, jamoat tashkilotlari rahbarlari o‘zlarining dil so‘zlari bilan barcha o‘g‘lonlarimizni tabrikladilar. Ularning Vatan himoyasidek katta va mas’uliyatli ishlariga omadlar tilab, yurtimiz bayrog‘i musaffo osmonimizda hamisha hilpirab turishini tilab qoldilar.

Print Friendly, PDF & Email