Qurultoy

KASABA UYUSHMASINING RAHBAR ORGANLARI

Kasaba uyushmasining organlari: kasaba uyushmasi Qurultoyi, kasaba uyushmasi Respublika kengashi, kasaba uyushmasi Respublika kengashi Rayosati va kasaba uyushmasi taftish komissiyasidir.

Kasaba uyushmasining oliy organi kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan besh yilda kamida bir marotaba chaqiriladigan Qurultoydir. Qurultoy chaqirish, vakillar saylash tartibi hamda meʼyori va kun tartibi uni oʻtkazishdan kamida ikki oy oldin eʼlon qilinadi. Qurultoy aʼzolaridan belgilangan tartibda saylangan delegatlardan iborat boʻladi.

Navbatdan tashqari Qurultoy Respublika kengashining oʻz tashabbusiga koʻra yoki Federatsiyasi Kengashi Ijroiya qo‘mitasining qaroriga muvofiq chaqiriladi. Uni chaqirish toʻgʻrisidagi qaror va taxminiy kun tartibi kamida bir oy oldin eʼlon qilinadi.

Qurultoy qaroriga muvofiq unga saylangan delegatlarning vakolatlari navbatdagi Qurultoygacha saqlab qolinishi mumkin.

 

KASABA UYUSHMASI QURULTOYI QUYIDAGI VAKOLATLARGA EGA:

 

kasaba uyushmasi Respublika kengashi va taftish komissiyasining faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni eshitish va tasdiqlash;

kasaba uyushmasi vazifalari va uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, Respublika kengashi vazifalari, vakolatlari va huquqlarini aniqlash;

kasaba uyushmasi Ustavi, Harakat dasturi, kasaba uyushmasi va kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkilotlari taftish komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomlarni qabul qilish hamda ularga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish;

bir vaqtning oʻzida kasaba uyushmasi Respublika kengashi va uning Ijroiya qo‘mitasining aʼzosi hisoblanadigan kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisini besh yil muddatga saylash;

Respublika kengashi va taftish komissiyasi aʼzolarini besh yil muddatga  saylash;

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qurultoyiga delegatlar va   Federatsiya Kengashi tarkibiga vakillar saylash;

Federatsiya Kengashi Rayosati bilan kelishilgan holda kasaba uyushmasi tuzilmasini belgilash;

kasaba uyushmasini qayta tashkil etish va tugatish boʻyicha qaror qabul qilish.

Respublika kengashi raisi va Kengash raisining oʻrinbosari lavozimlariga koʻra kasaba uyushmasi Qurultoylarining delegatlari hisoblanadilar (Boshlangʻich tashkilotlar raislari va oʻrinbosarlari ham oʻz tashkilotlari konferensiyalari delegatlari hisoblanadilar).

Respublika kengashi Qurultoylar orasidagi davrda rahbar organdir, Qurultoyda besh yil muddatga saylanadi va faqat Qurultoyga hisobot beradi.

Print Friendly, PDF & Email