“DEHQONOBOD KALIY ZAVODI” AJDA “AMIR TEMUR OYLIGI” DOIRASIDA TADBIR TASHKIL ETILDI

Бош саҳифа

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJda “Amir Temur oyligi” doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir – maʼnaviyat soati oʻtkazildi.

Tadbir “Sohibqiron Amir Temur davlatchilik anʼanalari va ularning zamonaviy talqini” mavzusiga bagʻishlandi.

Unda Qarshi Davlat universiteti Filologiya fakulteti Oʻzbek adabiyoti nazariyasi kafedrasi oʻqituvchisi Zamira Porsiyeva maʼruza bilan ishtirok etdi.

Maʼruza davomida Amir Temurning davlatchilik asoslari, adolat va qonun ustuvorligiga tayangan boshqaruv tamoyillari, shuningdek, ularning bugungi kunda jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni ilmiy-nazariy jihatdan yoritib berildi.

Shuningdek, Sohibqiron merosining yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati ham alohida taʼkidlandi.

Print Friendly, PDF & Email