Prezidentimiz murojaatnomasining mazmun-mohiyati oʻrganildi

Бош саҳифа

“Maxam-Chirchiq”AJda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Taʼkidlanganidek, Murojaatnomada soʻnggi toʻqqiz yilda erishilgan natijalar aniq raqam va dalillar asosida chuqur tahlil qilindi. Davlat va jamiyat oldida turgan dolzarb vazifalar ochiq-oydin belgilab berildi. Eng muhimi, ilgari surilgan tashabbus va gʻoyalar jamiyatda ijtimoiy kayfiyatni koʻtarib, aholining ertangi kunga boʻlgan ishonchi va hamjihatligini yanada mustahkamladi.

Tadbir davomida Murojaatnoma mazmunini, unda ilgari surilgan yoʻnalishlarni korxona ishchi-xizmatchilari oʻrtasida keng va tizimli targʻib etish zarurligi, ularni Vatan taraqqiyoti yoʻlida faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishga chorlash muhim vazifa ekani qayd etildi.

Print Friendly, PDF & Email