Kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan tarmoq tizimidagi Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyi oʻquvchilari uchun “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

Oʻquvchilar muzeyda Temuriylar davlati tarixi, oʻsha davrda olib borilgan bunyodkorlik ishlari bilan, jumladan, muzeyning markaziy devoriga ishlangan “Buyuk Sohibqiron – buyuk bunyodkor” deb nomlangan panno va uning mazmun-mohiyati bilan, muzeyning uchinchi qavatidan joy olgan Markaziy Osiyoning ilk Uygʻonish davridan to Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang osori atiqalar bilan yaqindan tanishdilar.




Spelling error report
The following text will be sent to our editors: