“KASABA UYUSHMASI BOGʻI”GA DARAXT KO‘CHATLARI EKILDI

Бош саҳифа

Tarmoq tizimidagi “Ammofos-Maxam” AJda korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi qoʻmitasi hamkorligida “Kasaba uyushmasi bogʻi” tashkil etilgan boʻlib,  11-noyabr —Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ushbu bogʻga bir qator mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

Korxona xodimlari kelgusida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida iqlim sharoitiga chidamli koʻplab daraxt koʻchatlarini ekishni maqsad qilganlar.

Print Friendly, PDF & Email