Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” nodavlat taʼlim muassasasida joriy yilning 6-10-oktabr kunlari tarmoq tizimidagi boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari raislarining malakasi oshirildi.
Tinglovchilarga 40 soatlik oʻquv dasturi asosida “Boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari faoliyatini Ustav talablari va meʼyoriy hujjatlar asosida tashkil etish toʻgʻrisida”gi mavzusi doirasida darslar oʻtildi. Jumladan, Oʻzbekiston mustaqilligining 34 yilligi “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiorining mazmun-mohiyati hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Xalqaro-huquqiy amaliyoti, kasaba uyushmasi qoʻmitasi organida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomasini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida, mehnat muhofazasiga oid qoidalarga amal qilinishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish toʻgʻrisida, boshlangʻich tashkilotlarda kasaba uyushmasi budjetini rejalashtirish, daromadlar va harajatlar smetasini tuzish, kasaba uyushmasi aʼzolik badallarini taqsimlash, kasaba uyushmasi budjeti mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablari, boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotlarida ustav talablari asosida ish yuritishni tashkil etish toʻgʻrisida, Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyalari toʻgʻrisida kabi mavzularda maʼruzalar oʻqildi.
Tinglovchilar madaniy tadbirlar doirasida Hazrati Imom majmuasiga olib borildilar.
Oʻquv haftasi yakunida tinglovchilarni egallagan bilimlarini sinovdan oʻtkazish uchun test sinovlari oʻtkazildi.
Test sinovlari yakunida tinglovchilarga “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” NTMning sertifikatlari topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: