Tarmoq tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJda Mamlakatimiz Mustaqilligining 34 yillik bayrami munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida joriy yilning 19-avgust kuni “Maxam-Chirchiq” AJ boshqaruvi raisi kubogi uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Unda 130 nafar ishchi-xodimdan tashkil topgan 26 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Moliya bo‘limining “Iqtisodchilar” jamoasi, 2-o‘rinni Loyihalashtirish-konstruktorlik bo‘limining “Kolumbik” jamoasi, 3-o‘rinni Markazlashtirilgan energo uskunalarni ta’mirlash sehining “Energetiklar” jamoasi, 4-o‘rinni Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘limining “Qalqon” jamoasi, 5-o‘rinni Ammiakli selitra ishlab chiqarish bo‘limining “Selitra” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Tadbir so‘nggida g‘olib va sovrindorlar “Maxam-Chirchiq” AJ boshqaruvi raisining maxsus diplomi hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: