“KIMYOGAR” OROMGOHIDA YANGI MAVSUM ISH BOSHLADI

Бош саҳифа

Tarmoq tizimidagi “Farg‘onaazot” AJ tasarrufidagi “Kimyogar” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi o‘zining 3-mavsumini boshladi.

Oromgohga yig‘ilgan bolajonlarni quvonchli ohanglar, tantanali bayramona muhit va samimiy tabassumlar qarshi oldi. Kasaba uyushmasi qo֥‘mitasi raisi tomonidan yoshlarga ezgu tilaklar bildirilib, yangi mavsum rasmiy ochiq deb e’lon qilindi.

Tadbir davomida bolalar o‘zlarining she’rlari, raqslari va sahna ko‘rinishlari bilan faol ishtirok etdilar. Tarbiyachilar va tashrif buyurgan mehmonlar yosh iqtidor egalari bilan faxrlandilar.

“Kimyogar” oromgohi har yili yuzlab bolalar uchun nafaqat hordiq chiqarish maskani, balki ijodkorlik va o‘sish maktabiga aylanmoqda.

Print Friendly, PDF & Email