Tarmoq tizimidagi “Farg‘onaazot” AJ korxonasi xodimlari o‘rtasida kitob va kitobxonlikni targ‘ib qilish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy, huquqiy tarbiyani yanada oshirish, milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, boy adabiy merosimizga nisbatan mehr-hurmatni kuchaytirish hamda korxona ravnaqiga hissa qo‘shadigan intellektual salohiyatga ega yosh kadrlar zaxirasini yaratish maqsadida “Eng faol yosh kitobxon – 2025” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovni yuqori saviyada o‘tkazish, shaffoflik va xolislikni ta’minlash uchun filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, Koreya Xalqaro Universiteti professori Muqaddamxon Ehsanova, Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining kutubxona ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Lola Batirova, Farg‘ona shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Gulnora O‘raqovalar taklif etildi.
Ishtirokchilar avvaldan tasdiqlangan, o‘qilishi lozim bo‘lgan kitoblar mutolaasi bo‘yicha 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Yig‘ilgan ballar natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Sanitar laboratoriyasi xodimasi Gulrux Rahmonova, 2-o‘rinni Aloqa sehi xodimasi Feruzaxon Nomonjonova va 3-o‘rinni Markaziy kimyo laboratoriyasi laboranti Oydinoy Abduraximovalar egalladilar va kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Yoshlar ittifoqi Kengashining qimmatbaho sovg‘alari hamda diplomlari bilan taqdirlandilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: