O‘QUVCHILAR KORXONA FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHDILAR

Бош саҳифа

Tarmoq tizimidagi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda maktab o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Maktab o‘quvchilari avvalo, mas’ul mutaxassis tomonidan zavod hududida texnika va sanoat xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirildilar.

Shuningdek, zavod bo‘ylab qiziqarli ekskursiya tashkil etilib, ular zamonaviy uskunalar hamda avtomobil shinalarining ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar va ushbu sohada o‘z qiziqishlarini ochiq fikrlar bilan bayon etdilar.

“Ushbu tadbir o‘quvchilarga ishlab chiqarish dunyosiga nazar tashlash va ehtimol kelajakdagi kasbni belgilash uchun noyob imkoniyat berdi. Ishonchimiz komilki, bu ko‘pchilikni ushbu dinamik va istiqbolli sohada karyera tanlashga ilhomlantiradi,” – deydi, korxonaning xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish guruhi rahbari Nargiza Alimqulova.

Bu kabi tadbirlar yoshlarga ishlab chiqarish sohasida ishlash qanchalik qiziqarli va muhim bo‘lishi mumkinligini tushunishga yordam beradi.

Print Friendly, PDF & Email