ANGREN TEXNOLOGIYA TEXNIKUMI KASABA UYUSHMASI QO‘MITASINING HISOBOT-SAYLOV YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Бош саҳифа

Tarmoq tizimidagi Angren texnologiya texnikumi kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Hisobot-saylov yig‘ilishida Angren texnologiya texnikumi direktori N.Mirzayev, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi mutaxassislari B.Quvatov va N.Muzapparova, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F.Nodirov va texnikum o‘qituvchilari ishtirok etdi.

 Yig‘ilish avvalida Respublika kengashi mutaxassislari so‘zga chiqib, O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalarining tarixiy faoliyati va bugunki kunda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib o‘tdilar.

Shundan so‘ng hisobot-saylov yig‘ilishi kun tartibiga ko‘ra kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F.Nodirov o‘tgan 5 yil davomida olib borilgan ishlar bo‘yicha tayyorlangan hisobotni o‘qib eshtirdi. Yig‘ilish ishtirokchilari o‘zaro muhokamalardan so‘ng kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyatiga oid hisobotlarni “qoniqarli” deb baholadilar.

Kun tartibiga ko‘ra ochiq ovoz berish yo‘li bilan muqobillik asosida saylov o‘tkazildi. Saylov yakuniga ko‘ra ko‘pchilik ovoz bilan Furqat Nodirov Angren texnologiya texnikumi kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi etib saylandi.

Print Friendly, PDF & Email