TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI AKADEMIK LITSEYI KASABA UYUSHMASI QOʼMITASINING HISOBOT-SAYLOV YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Бош саҳифа

Tarmoq tizimidagi Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyi kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Hisobot-saylov yig‘ilishida Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyi direktori Z.Xolmirzaнev, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi mutaxassislari B.Quvatov va N.Muzapparova, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi J.Maxmudov va litsey o‘qituvchilari ishtirok etdi.

 Respublika kengashi mutaxassislari so‘zga chiqishib, O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining tashkil topishi tarixi va bugungi kundagi faoliyati to‘g‘risida gapirib o‘tdilar.

Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi J.Maxmudov o‘tgan 5 yil davomidagi faoliyat yuzasidan hisobotni o‘qib eshtirdi. Shundan so‘ng muhokamaga navbat berildi. Yig‘ilish ishtirokchilari kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyatiga oid hisobotlarni “qoniqarli” deb baholadilar.

Shundan so‘ng ochiq ovoz berish yo‘li bilan muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda ko‘pchilik ovoz bilan Jo‘rabek Maxmudov Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyi kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi etib saylandi.

Print Friendly, PDF & Email