Oʻzbekiston ish beruvchilar Konfederatsiyasi tashabbusi bilan uch tomonlama komissiyasini navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Davlat mehnat inspeksiyasi mutaxassislari va xalqaro mehnat tashkilotining “Improving Labour Inspection and Occupational Safety and Health systems in Uzbekistan” (Oʻzbekistonda mehnat inspeksiyasi va mehnatni muhofaza qilish va sogʻliqni saqlash tizimi) loyihasi rahbari Milan Petkovski ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida korxonalarda mehnatni muhofaza qilish jamgʻarmasining faoliyati va har bir ishlab chiqarishda, tashkilotlarda mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha nazoratni olib borishda qonunchilikdagi kamchiliklar, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha statistik maʼlumotlarni topishdagi qiyinchiliklar va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: