YILNING ENG FAOL YOSH KIMYOGARI ANIQLANDI

Бош саҳифа Ёшлар бирлашмаси Корхона янгиликлари

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XKda  yoshlarning yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, o‘z tanlagan kasbiga nisbatan hurmat va faxr tuyg‘usini shakllantirish, iqtidorli mutaxassislarning kasbiy bilim darajasini aniqlash, ular orasida sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirish va ularning innovatsion g‘oya, loyiha va texnologiyalarini hayotga tatbiq etish orqali yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida “Yilning eng faol yosh kimyogari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Innovatsion va ratsionalizatorlik takliflarini kashf etish maqsadini ko‘zlovchi tanlovning joriy yilgi 1-bosqichida ishtirok etish uchun korxonaning 7 nafar  xodimlari ishitirok etdi.

 

 Hakamlar hay’ati qaroriga muvofiq, Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va xom-ashyo materiallarni mahalliylashtirish bo’limi boshlig’i Bozorov Axror Turayevich “Yilning eng faol yosh kimyogari” ko‘rik-tanlovining g‘olibi deb topildi va respublika-tarmoq bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

 

Diyor Alimov

“Birinchi rezinotexnika zavodi”  MCHJ XKda

kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Print Friendly, PDF & Email