SAYOHAT

Бош саҳифа

«Maxam–Chirchiq» AJning korxona ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan  2022 yil 17 avgust kuni korxonada mehnat qilayotgan ishchi xodimlarning 50 nafariga “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan yurt Mustaqilligining 31 yilligi bayram munosabati bilan Toshkent shahrining  diqqatga  sazovor joylariga sayoxat tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov nomidagi ilmiy – ma’rifiy yodgorlik majmuasi, Yangi O‘zbekiston bog‘i, Toshkent Minor masjidi,  «G‘alaba bog‘i»  va  «Shon-sharaf» davlat muzeyi ko‘rgazmalarini tomosha qilishdi  va muqaddas  joylarni  ziyorat etishdi. Xodimlar katta  taassurotga ega bo‘ldilar. 20 – 21 avgust kuni korxonada  mehnat  qilayotgan  xodimlarning 45 nafariga Farg‘ona vodiysi bo‘ylab sayohat tashkil etildi.
Sayoxat davomida sayoxatchilar ko‘xna va qadimiy  Qo‘qon  shaxrining diqqatga sazovor joylarini, ko‘p yillik tarixni o‘zida aks ettiruvchi madaniy me’ros ob’ektlarini, qadimiy yodgorliklar, masjid va madrasalarni, Rishton shahridagi kulolchilik markazi, Marg‘ilon shahridagi “Yodgorlik” fabrikalari, Farg‘ona o‘lkashunoslik muzeyini noyob eksponatlari va boshqa ko‘rgazmalarini  ko‘rish imkoniyaga  ega  bo‘ldilar.
Shuningdek, bayram munosabati bilan korxonada  mehnat qilayotgan xodimlarning 36 nafariga Respublikamizning  tarixiy shahri “Ochiq osmon ostidagi muzey” deb nomlangan qadimiy Xiva bo‘ylab ziyorat va sayohat tashkil etildi. 

Print Friendly, PDF & Email