«XAVSIZ MEHNAT ASOSLARI» MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING TASHKIL ETILDI

Бош саҳифа

“Navoiyazot” AJ korxonasida “Xavfsiz mehnat asoslari” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi. 

Unda Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati Kengashi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi viloyat hududiy boshqarmasi, davlat mehnat inspeksiyasi vakillari ishtirok etdilar.

Seminarda kasaba uyushmasi Respublika kengashi mehnat muhofazasi texnik inspektori Shuhratilla Rixsiboyev tomonidan “Navoiyazot” AJ korxonasi misolida baxtsiz hodisalarni oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlili”, kasaba uyushmasi Respublika kengashi mehnat huquq inspektori Mirsulton Abbosov tomonidan “Mehnat munosabatlarida yoshlar va xotin-qizlarga beriladigan kafolat va imtiyozlar”, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati Kengashi mehnat texnik inspektori Maxbuba Kambarova tomonidan “Xavfsiz mehnatni taʼminlashda kasaba uyushmalarining oʻrni, ushbu sohadagi normativ hujjatlar ijrosi” kabi mavzularda maʼruzalar oʻqildi.

Tadbir davomida korxona xodimlari mutaxassislardan mavzuga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻliq javob oldilar.

Shavkat Toirov

Yoshlar masalalari boʻyicha rais maslahatchisi

Print Friendly, PDF & Email