O‘ZINING FIDOYILIGI BILAN XODIMLAR E’ZOZIGA SAZOVAR BO‘LGAN INSON

Бош саҳифа

Kuni kecha “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XKda korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Diyor Abdumalikovich Alimovni pensiyaga kuzatish tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Nigora Alimdjanova, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK direktori G‘ulomjon Ibragimov, korxona xodimlari va kasaba uyushmasi faollari ishtirok etdi.

Tadbirni korxona direktori G‘ulomjon Ibragimov ochib, Diyor Alimovni korxona rivojiga qo‘shgan katta hissasi va xodimlarni huquqiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari yo‘lida fidoyi mehnati va yoshlarga ustozlik qilib kelganligini alohida ta’kidlab o‘tdi. G‘ulomjon Ibragimov o‘z so‘zida davom etib Diyor Alimovni kelgusida ham o‘zining uzoq yillik tajribasi bilan korxona yoshlariga qimmatli maslahatlarini berib borishlarini so‘rab qoldi.

Yig‘ilish davomida tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Nigora Alimdjanova so‘zga chiqib Diyor Alimovni kasaba uyushmasi faoliyatiga qo‘shgan hissasini yuqori baholab Respublika kengashi tashakkurnomasi va esdalik sovg‘asini topshirdi hamda o‘z  minnatdorchiligini bildirdi.

         Shundan so‘ng xodimlar va kasaba uyushmasi faollari so‘zga chiqib Diyor Alimov bilan birgalikda olib borgan faoliyatlari va uning ishga bo‘lgan mas’uliyati, shuningdek, kasaba uyushmasi raisi sifatida olib borgan ishlari haqida gapirib o‘tdilar.

Tadbir yakunida korxona direktori G‘ulomjon Ibragimov Diyor Alimovga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Shavkat Toirov

Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari

kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining

yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi

Print Friendly, PDF & Email