“BIZ OITSGA QARSHIMIZ, BIZ SOGʻLOM TURMUSH TARAFDORIMIZ” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

Бош саҳифа

  Tarmoq tizimidagi “Ammofos-Maxam” AJ kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan 1-dekabr — butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Biz OITSga qarshimiz, biz sogʻlom turmush tarafdorimiz” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda korxona kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Muhabbat Usmanova Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassisi Karimqulov Qudrat Mamatqulovich va Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi tasarrufidagi maktab psixologi Xoshimova Hilola Xolbayevna ishtirok etdilar.

   Suhbatni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad xodimlarning OIV va OITS kasalligi, uni yuqtirish sabablari hamda oqibatlari haqida keng tushunchalar berish, uning jamiyatda tarqalishi va yuqishida har bir insonning roli katta ekanligini koʻrsatib berishdan iboratdir.

    Tadbir davomida xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi, profilaktika va kasallikning oldini olish boʻyicha muhim maʼlumotlar berildi.   

Print Friendly, PDF & Email