KASABA UYUSHMALARI RAISLARI VA FAOLLARI TANTANALI RAVISHDA TAQDIRLANDILAR

Бош саҳифа

Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan  11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubiley bayrami munosabati bilan “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari 120 yil xalq bilan” shiori ostida taqdirlash marosimi “Oʻzkimyosanoat” AJ binosining faollar zalida koʻtarinki kayfiyat va bayramona ruhda tashkil etildi.

Tadbirda Kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi N.Alimdjanova, Kasaba uyushmasi Respublika kengashi apparati xodimlari, boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari raislari va faollari ishtirok etdilar.

Kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi N.Alimdjanova soʻzga chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvi toʻgʻrisida gapirib, kasaba uyushmalari oldida turgan maqsad va vazifalarga alohida toʻxtab oʻtdi. Xususan, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari tarixi, bugungi faoliyati va  kelgusidagi rejalar haqida nutq soʻzladi, shuningdek, kasaba uyushmasi raislarining fikr va takliflari bilan tanishdi.

Tabdir davomida kasaba uyushmalari raislari va faollari “Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” koʻkrak nishoni, “Oʻzkimyosanoat” AJ va Kasaba uyushmasi Respublika kengashining “Faxriy yorligʻi” hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email