“SOGʻLOM AYOL-BUYUK KELAJAK” SHIORI OSTIDA MUSOBAQA OʻTKAZILDI

Бош саҳифа

Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJning 85 yilligi hamda 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan korxona xotin-qizlari va “Madad” faxriylar jamiyatining ayollari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sport madaniyatini oshirish maqsadida “Sogʻlom ayol-buyuk kelajak” shiori ostida gimnastrada sport musobaqasi oʻtkazildi.

Tadbirda har bir jamoaning koʻrgazmali gimnastika harakatlari alohida baholandi. Qizgʻin va murosasiz bellashuvning  yakuniy natijalariga koʻra, 1-oʻrinni NOʻA va A sexining “Kimyogar malikalar” jamoasi, 2-oʻrinni Texnikaviy nazorat boʻlimining “TNB goʻzallari” jamoasi, 3-oʻrinni MEUT sexining “Marvarid” jamoasi va 4-oʻrinni AS va SK ishlab chiqarishining “Nafosat malikalari” jamoalari egalladi.

Musobaqa soʻnggida gʻolib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email