Tarmoq tizimidagi “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ XKda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning isteʼdod va tashabbuslarini roʻyobga chiqarish, muammolariga yechim topish hamda taklif va loyihalarini ishlab chiqarishga tatbiq etishni yoʻlga qoʻyish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda korxona bosh direktori Sh. Shamuratov, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi B. Alliyarov hamda korxonaning faol yoshlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlarning taklif va mulohazalari tinglandi, mavjud muammolarni hal etish boʻyicha tegishli mutaxassislarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Kasaba uyushmasi Respublika kengashi va “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan oʻtkazilgan sport musobaqalarida faxrli oʻrinlarni egallagan yoshlarga diplomlar va vaucherlar topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: