BIR GURUH FIDOIY OʻQITUVCHILAR EʼTIROF ETILDILAR

Бош саҳифа

Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi va tarmoq tizimidagi korxonalar tomonidan  1-oktabr -Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan qator tadbirlar tashkil etildi.

Tarmoq tizimidagi Toshkent kimyo-texnologiya instituti, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali va Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetining Chirchiq shahridagi filialida bayram munosabati bilan tantanali tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirlarda Respublika kengashining masʼul xodimlari ishtirok etib, mazkur oliy taʼlim muassasalarida talabalarga ilm sirlarini oʻrgatib, taʼlim-tarbiya berib kelayotgan bir guruh fidoiy oʻqituvchilar va jonkuyar murabbiylar Respublika kengashining “Faxriy yorliq” va esdalik sovgʻalari bilan tarqdirlandilar.

Tantanali tadbirlarda talabalar tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Print Friendly, PDF & Email