XODIMLAR UCHUN BAYRAM TADBIRLARI O‘KAZILDI

Бош саҳифа

Tarmoq tizimidagi “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi.

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida xodimlarni keng jalb etgan holda bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayram oshi tayyorlanib, barcha dasturxon atrofida jam bo‘ldi.

Bayram munosabati bilan korxona rivojiga fidokorona mehnati bilan namuna bo‘layotgan 10 nafar xodimlar “O‘zkimyosanoat” AJning, yana 10 nafar xodim “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning maxsus faxriy yorliqlari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, ishchi-xodimlarga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida turli ko‘ngilochar o‘yinlar va qiziqarli shoular o‘tkazildi. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email