“ENG FAOL YOSH KITOBXON-2025” KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI

Бош саҳифа

Tarmoq tizimidagi “Farg‘onaazot” AJ korxonasi xodimlari o‘rtasida kitob va kitobxonlikni targ‘ib qilish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy, huquqiy tarbiyani yanada oshirish, milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, boy adabiy merosimizga nisbatan mehr-hurmatni kuchaytirish hamda korxona ravnaqiga hissa qo‘shadigan intellektual salohiyatga ega yosh kadrlar zaxirasini yaratish maqsadida “Eng faol yosh kitobxon – 2025” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovni yuqori saviyada o‘tkazish, shaffoflik va xolislikni ta’minlash uchun filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, Koreya Xalqaro Universiteti professori Muqaddamxon Ehsanova, Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining kutubxona ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Lola Batirova, Farg‘ona shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Gulnora O‘raqovalar taklif etildi.

Ishtirokchilar avvaldan tasdiqlangan, o‘qilishi lozim bo‘lgan kitoblar mutolaasi bo‘yicha 3 ta shart  bo‘yicha bellashdilar. Yig‘ilgan ballar natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Sanitar laboratoriyasi xodimasi Gulrux Rahmonova, 2-o‘rinni  Aloqa sehi xodimasi Feruzaxon Nomonjonova va 3-o‘rinni Markaziy kimyo laboratoriyasi laboranti Oydinoy Abduraximovalar egalladilar va kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Yoshlar ittifoqi Kengashining qimmatbaho sovg‘alari hamda diplomlari bilan taqdirlandilar.

 

Print Friendly, PDF & Email