Tarmoq tizimidagi “Fargʻonaazot” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Kimyogar” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi o‘z faoliyatini boshladi.
“Kimyogar” oromgohi har yili yuzlab bolalar uchun maroqli yozgi taʼtilni oʻtkazish, salomatliklarini mustahkamlash va yangi doʻstlar orttirish uchun qulay sharoit yaratib beradi.
Oromgohda sport maydonchalari, suzish havzasi va boshqa koʻplab imkoniyatlar bolajonlarning yozgi dam olishlarini unutilmas qilishga xizmat qiladi.
Shuningdek malakali pedagoglar va tarbiyachilar boshchiligida bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun turli madaniy-koʻngilochar dasturlar, sport musobaqalari, ijodiy tanlovlar va viktorinalar tashkil etiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: