“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi oʻtkazildi.
Tadbirda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruvi raisi T. Zaripov, Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi N. Alimdjanova va rais oʻrinbosari I. Isoqov, korxona kasaba uyushmasi raisi N.Koʻchkinov hamda ishlab chiqarish sehlaridan saylangan delegatlar qatnashdilar.
Konferensiyada tashkilotning 2020-2025-yillardagi faoliyati yuzasidan ish beruvchi, kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi va taftish komissiyasining hisobotlari eshitildi va dyelegatlar tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasining hisobot davridagi faoliyati “qoniqarli” deb baholandi hamda taftish komissiyasining hisoboti tasdiqlandi.
Konferensiya kun tartibiga koʻra tashkiliy masala koʻrildi. Unda yashirin ovoz berish yoʻli bilan muqobillik asosida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshlangʻich kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi lavozimiga koʻpchilik ovoz bilan Safarov Odil Choriyevich saylandi. Shuningdek, kasaba uyushmasi qoʻmitasining yangi tarkibi, taftish komissiyasi hamda yuqori tashkilot organlariga delegatlar saylandi.
Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligini munosib oʻtkazish yuzasidan maʼlumot berib oʻtdilar.
Delegatlar tomonidan bildirilgan takliflardan kelib chiqqan holda kelgusidagi faoliyat yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: