“OʻZKIMYOSANOATLOYIHA” AJ KASABA UYUSHMASI TASHKILOTINING HISOBOT-SAYLOV YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

Бош саҳифа

Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba  uyushmasi tizimidagi Angren texnologiya texnikumi kasaba uyushmasi qoʻmitasining hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Hisobot-saylov yigʻilishida tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi mutaxassislari B.Quvatov va N.Muzapparova, kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Trushina G. va tashkilot xodimlari ishtirok etishdi.

 Yigʻilish avvalida Respublika kengashi mutaxassislari soʻzga chiqib, Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120-yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining tarixiy faoliyati va bugungi kunda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib oʻtishdi.

Shundan soʻng hisobot-saylov yigʻilishi kun tartibiga koʻra kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Trushina G. oʻtgan 5 yil davomida olib borilgan ishlar boʻyicha hisobotni oʻqib eshtirdi. Yigʻilish ishtirokchilari oʻzaro muhokamalardan soʻng kasaba uyushmasi qoʻmitasi faoliyatiga oid hisobotlarni “qoniqarli” deb baholadilar.

Kun tartibiga koʻra ochiq ovoz berish yoʻli bilan muqobillik asosida saylov oʻtkazildi. Saylov yakuniga koʻra koʻpchilik ovoz bilan Trushina Galina Gerasimovna  “Oʻzkimyosanoatloyiha” AJ kasaba uyushmasi qoʻmitasining raisi etib saylandi.

Print Friendly, PDF & Email