3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda faoliyat yuritayotgan bir guruh nogironligi boʻlgan xodimlar ishtirokida sport musobaqalari boʻlib oʻtdi.
Yakuniy natijalarga koʻra erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan sportning darts turi boʻyicha musobaqada 1-oʻrinni elektroseh xodimi Gʻolib Abdusattorov, 2-oʻrinni AKT boʻlimi muhandisi Elbek Kosimov va 3-oʻrinni KOʻICh 2-sehi xodimi Safar Arabov egalladi.
Xotin-qizlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan sportning shashka turi bo‘yicha musobaqa yakuniga ko‘ra 1-oʻrinni oʻquv markazi ustasi Gulnora Xoltoʻrayeva, 2-oʻrinni tikuv sehi xodimi Margʻuba Roʻziyeva va 3-oʻrinni tikuv sehi xodimi Jamila Hamrayeva egalladi.
Barcha gʻoliblar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: