“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI

Бош саҳифа

 Tarmoq tizimidagi “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ xodimlari uchun 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlab “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Unda korxona xodimlaridan tashkil topgan 10 ta jamoa ishtirok etdi.

 Mantiqiy fikrlash va zukkolikni talab etgan o‘yin natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni “Muhandislar” jamoasi, 2-o‘rinni “Transportchilar” jamoasi va 3-o‘rinni “Temiryo‘lchilar” jamoasi egalladi.

G‘olib jamoalar pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email