Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yillik bayrami munosabati bilan “Bir bo‘lsak bir xalqmiz, birlashsak -Vatanmiz” shiori ostida “Qo‘ng‘irot soda zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Bayram tadbirini korxona bosh direktori o’rinbosari Sh.Shamuratov va Qo‘ng‘irot tuman hokim o‘rinbosari A.Mamutov ochib berdi va korxona xodimlarini hamda Elobod aholisini O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan tabrikladi. Bayram tadbirida korxonada fidokorona mehnat qilayotgan 10 nafar xodimlar “O‘zkimyosanoat” AJning “Faxriy yorliq” va kasaba uyushmasi tomonidan sanatoriyalarga bepul yoʻllanmalar bilan, 3 nafar xodim “Qo‘ng‘irot soda zavodi”ning koʻkrak nishoni va 5 mln so‘m miqdorida pul mukofoti va 2 nafar nafaqaga chiqqan xodimlar ham esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, korxona xodimlari uchun bayram dasturxoni tashkil etildi. Korxona oshxonasida tuzilgan bayram dasturxoni atrofida jamlangan xodimlar uchun osh tarqatildi.
Bayram tadbiri Qoraqalpog‘iston estrada yulduzlari kuy va qo‘shiqlari yig‘ilganlarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: