Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishni Respublika kengashi raisi Alimdjanova Nigora Adxamovna olib bordi va tarmoq tizimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan soʻz yuritdi.
Qoʻmita yigʻilishida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari faoliyatining 120-yillik tarixi haqida maʼruza qilindi va 2025-yilda ushbu sanani yuqori saviyada oʻtkazish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar xususida gapirildi. Shuningdek, 2025-yilda tarmoq kasaba uyushmasi tizimida oʻtkaziladigan hisobot-saylov kompaniyasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi.
Yigʻilish davomida kun tartibidan oʻrin olgan bir qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” dasturi ijrosini taʼminlashda boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari ham faol ishtirok etgani, bu borada jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali tizimli ishlar amalga oshirilgani alohida taʼkidlandi. Tarmoq tizimidagi korxona va tashkilotlarni jamoa shartnomalari bilan keng qamrab olish, ularda belgilangan tadbirlarning toʻliq amalga oshirilishiga eʼtiborni kuchaytirish lozimligi aytib oʻtildi.
Mehnatni muhofaza qilish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyaning mehnat muhofazasi boʻyicha qarorlari hamda tarmoq tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari masalalari keng muhokama etildi.
Tarmoq tizimidagi korxonalar tasarrufidagi bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohlarining “Yoz – 2024” mavsumi toʻgʻrisida boshlangʻich kasaba uyushmalari qoʻmitalari raislari maʼlumot berib oʻtdilar.
Yigʻilishda Respublika kengashining 1-yarim yillik ish rejasiga binoan bir qator ishlar olib borilganligi boʻyicha ham soʻz yuritildi. Jumladan, yoshlarni ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish yoʻnalishida tarmoq tizimidagi korxonalarda yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash borasida tadbirlar oʻtkazildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorligida “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro kimyo haftaligi va “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” ilmiy-intellektual forumi oʻtkazildi. Forumda koʻrik-tanlovlar, sport musobaqalari, seminar-treninglar hamda “Rahbar va yosh xodimlar” uchrashuvlari tashkil etildi.
Respublika kengashi tomonidan “Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi stipendiyasi”, “Kimyoviy tahlil laboranti” hamda “Elektr energiyasi va yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha eng yaxshi boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkiloti” koʻrik-tanlovlari oʻtkazildi.
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan keng koʻlamli islohotlarni “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” deb nomlangan 2024-yilda samarali amalga oshirishga qaratilgan davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida, tarmoqdagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlar uchun, jumladan, xotin-qizlar va yoshlarni keng jalb etgan holda Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlariga sayohatlar tashkil etilgan.
Kun tartibiga binoan Respublika kengashining yoshlar masalalari boʻyicha rais maslahatchisi, bosh hisobchi, mehnat huquq inspektori va tashkiliy ishlar boʻyicha bosh mutaxassis tomonidan tarmoq tizimidagi korxonalar faoliyatini oʻrganish boʻyicha axborot berildi.
Koʻrilgan masalalar boʻyicha Ijroiya qoʻmita aʼzolari oʻz taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: