Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida bolalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Mehnatning rohatga yetaklashi, ishbilarmonlarga xos xususiyatlarni o‘rganish davr talabi.
Tarmoq tizimidagi “Navoiyazot” AJ tasarrufidagi “Oftobjon” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida tashkil etilayotgan tadbirlardan nafaqat dam oluvchilarning bilimini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish, iqtidor va qobiliyatini yuzaga chiqarish, balki ularni kichik qadamlar bilan katta hayotga tayyorlashdek maqsad ham ko‘zlangan.
Qo‘l mehnati mahsulotlari bilan daromad topish mumkinligini anglagan bolajonlar xaridor va sotuvchi sifatida qay darajada faol ekanliklarini ko‘rsatishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: