Tarmoq tizimidagi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda “Saranjom oilaning sarishta bekasi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda xotin-qizlardan iborat jamoalar 3ta shart asosida o‘zaro bellashdilar. Barcha jamoa vakillari osh damlash, chuchvara tugish hamda kashta tikish borasida o‘zlarining mahorat va qobiliyatini namoyon qildi.
Qator qozonlarda bir-biridan mazali oshlar damlanib, bahoriy taom chuchvaralar tugildi. Kimyogarlarning milliy libosdagi ishtiroki esa tanlovga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishladi.
Qizg‘in o‘tgan ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin- “Kimyogar” jamoasi;
2-o‘rin- “Konchi” hamda “Orastabon” jamoasi;
3-o‘rin- “Laboratoriya” hamda “Nafosat” jamoasi egalladi.
G‘olib jamoalar sertifikat hamda pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: