MEHNAT JAMOASINING KONFERENSIYASI OʻTKAZILDI

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

Tarmoq tizimidagi “Uz Test” Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi DUKning 2023-2025-yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi boʻyicha mehnat jamoasining konferensiyasi onlayn tarzda oʻtkazildi.

Jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi yakunlari yuzasidan Markaz rahbari hamda kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi hisoboti eshitildi.

Konferensiya qaroriga koʻra, jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan ijtimoiy mehnat masalalari bo‘yicha komissiyaning dalolatnomasi tasdiqlandi,  jamoa shartnomasi bajarilishi qoniqarli baholandi hamda joriy yilga moʻljallangan aniq vazifalar belgilab olindi.

Print Friendly, PDF & Email