«NAVOIYAZOT» AJda JAMOA SHARTNOMASI KONFERENSIYASI BO’LIB O’TDI

Бош саҳифа

Joriy yilning 28-fevral kuni Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika  kengashi  tizimidagi  «Navoiyazot»AJ tomonidan 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi majburiyatlarining 2023-yilda bajarilishiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Dastlab jamiyat boshqaruvi raisi Farrux Samadov mazkur yo‘nalishdagi ishlar haqida ma’lumot berdi, yangi quvvatlar,  imkoniyat va istiqbolli loyihalarga e’tibor qaratdi.

Konferensiya ishtirokchilari tomonidan jamiyat kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Feruza Fayziyevaning hisoboti tinglandi. Unda qayd etilishicha,  hisobot davrida jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan imtiyozlar uchun 339 mlrd. 427 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj soha vakillariga 173 mln. so‘mdan ziyod moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Konferensiyada xodimlar malakasini oshirish,  qayta tayyorlash,  salomatligini mustahkamlash, ichki turizmni rivojlantirish singari yo‘nalishlarda olib borilgan ishlar tahlil etildi.

 

Muloqotda ishchi-xodimlar mavzuga oid savollariga javob olishdi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan olib borilgan ishlar qoniqarli, deb topildi va «Navoiyazot» AJning 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasi ma’qullandi.

Print Friendly, PDF & Email