Ayol — jamiyat gultoji, borliq koʻzgusi, millat tarbiyachisi. Uning mehr-muhabbati navnihollarni, ertamiz egalarining unib-oʻsishiga, kamol topishiga sabab boʻladi. Ayol baxtli boʻlsa, jamiyat baxtli boʻladi. Xotin-qizlarni eʼzozlagan, qadrlagan yurtning esa buguni va ertasi shubhasiz farovondir!
ONA – bu shunday buyuk zot ekanki, yillar oʻtib yoshing ulgʻaygan sari anglab yetarkansan. Shu lahzada koʻz oʻngimda rahmatli onajonim siymolari koʻz oʻngimda gavdana boshladi. Erta saharlab uygʻonib, beshavqat dunyoni barvaqt tark etgan otajonimni yoʻqliklarini bildirmaslik uchun joʻjabirdek farzandlari uchun nonushta tayyorlash maqsadida oshxonada nimalar bilan kuymanib yurganlari eslab entikib ketaman. Farzandlarini kamoli, baxti uchun oʻzligini unuta oladigan bu faqat onadir.
Ayolni yaratayotganida Xudo uzoq ishlagan ekan. Kunu tun ishlaganini koʻrgan farishta, 6-kun Xudoning yoniga kelibdi – “Nega ayolni yaratishga buncha koʻp vaqtingni ketkazayapsan Xudoim?” deb soʻrabdi.
Xudo javob beribdi: “Chunki men ayolni mehr bilan yaratayapman, xamma narsaga eʼtibor berishim kerak. Masalan, u oson yuviladigan boʻlishi kerak. 200 dan ortiq qimirlaydigan nuqtasi boʻlsa-da, nafis xarakat qiladigan boʻlishi kerak. Kasal boʻlsa, oʻzini oʻzi davolay olishi kerak. Bir kunda 18 soatlab ishlashi kerak. Uning ikkita qoʻli bor, lekin u bir paytning oʻzida hamma farzandini bagʻriga bosa olishi kerak, shunday quchoqlashishi kerakki, bolaning har qanday ogʻrigʻi oʻtib ketishi kerak, bu qalb ogʻrigʻi yoki bosh ogʻrigʻi boʻlishi mumkin”.
Farishta taʼsirlanib ayolning oldiga yaqinroq kelibdi, uni tegib koʻrib, “Xudoyim u juda yumshoq-ku!”, debdi.
– “Ha, u juda yumshok, lekin uning kuchi va sabri juda katta, u nozik koʻringani bilan, uning ichida qanday kuch borligini tasavvur ham qilolmaysan…”
– “U oʻylashni biladimi?”, soʻrabdi farishta.
– “U nafakat oʻylashni, balki boshqalarni ishontirishni, teran fikrlashni ham biladi”, deb javob qaytaribdi Xudo.
Farishta ayolning yuziga tegib,
– “Menimcha sal xatolik bor bu yerda, u oqib tushayotganga oʻxshaydi Xudo”,- debdi.
-“Yoʻq! Bu uning koʻz yoshi. Bu bilan u oʻz dardi, gʻururi, mehri, yolgʻizligini namoyon eta oladi”, – debdi Xudo.
Farishta hayratlanib, “Xudo, haqiqatda sen ayolni juda mukammal va betakror qilib yaratibsan”, – debdi.
-“Ha! Men uni sevib yaratdim. Unga shunday kuch berdimki, u erkakni lol qoldira oladi. Yigʻlagisi kelsa ham xursandligini koʻrsata oladi. Qoʻrqsa ham kula oladi. Oʻziga yordam kerak boʻlsa ham, boshqaga qoʻlini choʻzadi. Birgina qarashi bilan u erkak qoʻlidan kelmaydigan ishni ham hal eta oladi…»
Farishta xayratlanib, boshqa soʻz topolmay ayolga qarab turganida, Xudo shunday debdi: – “Lekin unda bitta kamchilik bor, shunday kamchilikki, uni faqat ayolning oʻzi yecha oladi, agar shunday qilmasa, u butun xayotini barbod etishi mumkin”.
-“Nima ekan bu?”,- soʻrabdi farishta.
-“U oʻz qadrini, qiymatini bilmaydi…”- deb javob beribdi Xudo.
-Ayol..
Familiyasini oʻzgartiradi, uyini oʻzgartiradi, oilasini oʻzgartiradi, boshqa uyga koʻchadi, homilador boʻladi, homiladorlik uning vujudini oʻzgartiradi, tanadagi shishlar, ogʻriqlar, chidab boʻlmas toʻlgʻoq azobi, ikki yoʻl orasida qolib, sogʻlom chaqaloq dunyoga keltiradi, umrini soʻngi kuniga qadar qiladigan barcha ishi, yemak pishirish, uyingizni tozalash, onangiz va otangizning xizmatida boʻlish, farzandlarni katta qilish, tarbiya berish, butun oila munosabatlarini bir maromda ushlab turish, oilaga foydasi boʻladigan barcha narsani, xatto sogʻligʻidan, goʻzalligidan, qiziqishlaridan kechib boʻlsa ham, qiladi.
Albatta, kelajagi buyuk, ertasi farovon boʻlishini istagan xalq millat davomchilarini qay soha vakili boʻlmasin koʻngli tinch, hayoti farovon boʻlishi uchun harakat qiladi, munosib turmush kechirishlari uchun sharoit yaratadi.
Bugungi kunda ham hukumatimiz tomonidan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, jamiyatda qadrini va qaddini koʻtarish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu xayrli ishlarning samarasini esa barcha opa-singillarimiz oʻz hayotlari, umr yoʻllari davomida his etishmoqda. Shu bilan birga koʻrsatilayotgan mehr-muhabbatni yuksak baholab, barcha sohalarda oʻz bilim va salohiyatlarini koʻrsatmoqda, jahon arenalarida davlatimiz bayrogʻini yanada baland tutmoqda, yer yuzidagi eng mashhur, yirik kompaniyalarda mehnat qilib, oʻzbeklarning salohiyatini namoyish qilmoqda.
Yaqinlashib kelayotgan bayram arafasida yana bir bor onajonlarmiz, opa-singillarimizni eslab eʼtirof etish joiz deb oʻylayman!
Shaxnoza Ochilova,
Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosh mutaxassisi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: