Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat oʻzbek mumtoz adabiyotida, balki jahon adabiyotida ham oʻz oʻrniga ega boʻlgan buyuk shoirlarimizdan biri. Qisqa umri davomida u nasr va nazmda ham birdek asarlar bitib, barakali ijod qilgan. Uning tarixchi olim, zukko adib va dilbar shoir sifatida qoldirgan adabiy merosi bebahodir. Uning birgina «Boburnoma» yirik asari dunyoning koʻplab tillariga tarjima qilingan va bu ishlar hamon davom etmoqda.
14-fevral – buyuk shoh va shoir tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi xodimlari Adiblar xiyobonida shoh va shoir Mirzo Bobur haykali poyiga gulchambar qoʻyishdi. Uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Shuningdek, shoirning hayoti va ijodi haqida yigʻilganlarga maʼlumotlar berildi. Yoshlar tomonidan uning ijodidan gʻazal va ruboiylar ijro etildi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: