Tarmoq tizimidagi “Farg‘onaazot” AJ korxonasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topilganligining 32 yilligi va 14-yanvar ‒Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Bayram tadbirida korxona rahbariyati, bo‘lim va seh boshliqlari, ishchi va xodimlar, shuningdek, Sharqiy harbiy okrug ofitserlari, Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi alohida batalyoni xizmatchilari ishtirok etdilar.
Bayram tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida ochildi.
Bayramda “Farg‘onaazot” AJ boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov, Sharqiy harbiy okrug ofitseri polkovnik Abduxayot Umarov, Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi alohida batalyoni komandiri Faxriddin Mamajonovlar tabrik so‘zlari bilan chiqishdi.
14 – yanvar ‒ Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Sharqiy harbiy okrug harbiy orkestri ijro etgan milliy va jahon estradasi navolari, fahriy qorovul namoyish etgan chiqishlari va harbiy xizmatchilari tomonidan tayyorlangan qo‘l jangi namoyishi korxona xodimlariga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tadbir yakunida Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatining bir qator xodimlari korxona rahbariyatining fahriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: