Bugun tarmoq tizimidagi “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QKda 8-dekabr ‒ Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yillik bayrami munosabati bilan “Konstitutsiya ‒ baxtimiz qomusi” mavzusida ma’naviyat soati oʻtkazildi.
Uchrashuvda investitsiya masalalari bo‘yicha Bosh direktor o‘rinbosari D.Axmedjanov, Qo‘ng‘irot tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i A.Kaliyev hamda korxona xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida bosh qomusimizning ijtimoiy hayotimizda tutgan o‘rni, uning naqadar salmoqli, muhim siyosiy va tarixiy hujjat ekanligi haqida tegishli soha mutaxassislari tomonidan ma’ruzalar o‘qib eshittirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: