TARIXIY NUTQ XODIMLAR MUHOKAMASIDA

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich  Mirziyoyevning 2023-yil 19-sentabr kunidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zladi. Ushbu nutqni mazmun-mohiyatini mehnat jamoalariga yetkazish va tushuntirish bo‘yicha Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va amalda Respublika kengashi mutaxassislari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari raislari tomonidan davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Jumladan, mutaxassislar tomonidan Farg‘ona viloyatida joylashgan korxonalar kasaba uyushmalari tashkilotlari raislari bilan ko‘rishilib O‘zbekiston prezidenti nutqi yuzasidan suhbat tashkil etildi va ushbu nutqni o‘rganish va xodimlarga mazmun-mohiyatini yetkazish yuzasidan tadbirlar belgilab olindi.

  Shunday tadbirlardan biri Respublika kengashining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shavkat Tairov va mehnat huquqi inspektori Aslitdin Xasanbayev ishtirokida tarmoq tizimidagi “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals» AJ korxonasida xodimlar uchun davra suhbati tashkil etildi.

  Davra suhbati avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich  Mirziyoyevning so’zlagan nutqi yana bir bor tinglandi va mutaxassislar tomonidan nutqning mazmun-mohiyati yuzasidan ma‘ruza qilindi.

  Ta’kidlandiki, ushbu nutqning tarixiy ahamiyati nafaqat O‘zbekiston uchun, balki Markaziy Osiyo mintaqasi va dunyo mamlakatlari uchun ham dolzarb masaladir. Yurtboshimiz tomonlaridan ta’kidlab o‘tilgan har bir yo‘nalish millatlar, xalqlar va davlatlar kelajagi uchun dasturilamaldir.

  Mutaxassislar nutq yuzasidan ma’ruza davomida Prezidentimiz tomonlaridan yoshlar masalasiga ham alohida urg‘u berilganligi, jumladan, O‘zbekiston miqyosida yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va bu e’tiborni Markaziy Osiyo yoshlariga qaratilganligi katta ahamiyat kasb etishini bildirdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqi davomida Mintaqa davlatlari tomonidan Yoshlar siyosatining umumiy yo’nalishlari haqidagi bitim imzolanganligi va ushbu tashabbuslarning davomi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida Markaziy Osiyo yoshlarini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish taklifi bilan chiqilib, uning doirasida “Markaziy Osiyo yoshlarining kun tartibi – 2030” dasturini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surilganligi ta’kidlandi.

  Tadbir davomida kasaba uyushmalari faoliyati  yuzasidan so‘z yuritilib, amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tildi. Shuningdek, xodimlar bilan davra stoli atrofida ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

 

Print Friendly, PDF & Email