OROMGOHDA NAVBATDAGI MAVSUM ISH BOSHLADI

Бош саҳифа Янгиликлар

Tarmoq tizimidagi “Ammofos-Maksam” AJ tasarrufidagi “Chimyon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bolalarni yozgi sog‘lomlashtirishning navbatdagi mavsumi ish boshladi.

Ayni kunlarda 201 nafar bolajonlar miriqib hordiq chiqarmoqdalar. Ushbu maskanda o‘g‘il-qizlarni nafaqat jismoniy sog‘lomlashtirish, madaniy tadbirlar o‘tkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, yozning jazirama issiq kunlarida Bo‘stonliq tumani Chimyon qishlog‘ida joylashgan “Chimyon” oromgohidagi salqin ob-havo tanga huzur bag‘ishlaydi.

Kuni kecha “Chimyon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohining ochilish marosimi tantanali tarzda tashkil etildi. Unda Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Saidoqil To‘xtayev, yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi Shavkat Toirov va mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassis Shuhratilla Rixsiboyev, shuningdek, “Ammofos-Maksam” AJ ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari Jo‘ra Yusupov, korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Malika G‘ulomova va «Chimyon» BSO rahbari I.Ergasheva ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida S.To‘xtayev va J. Yusupovlar so‘zga chiqib oromgohning navbatdagi mavsumi ochilishi bilan barchani qutladilar va bugungi kunda yoshlar uchun amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib, bolajonlarga maroqli hordiq chiqarib maktab bag‘riga kuch-quvvatga to‘lgan holatda, olam-olam taassurotlar bilan qaytishlarini tilab, ularga atalgan sovg‘alarini topshirdilar.

Shundan so‘ng badiiy tadbir bolajonlarning chiqishlari bilan davom etdi. Tadbir so‘ngida oromgohning ochilish marosimi ramziy belgisi sifatida ulkan gulxan alangalandi.

Print Friendly, PDF & Email