RESPUBLIKA KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARIIV MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

Бош саҳифа

Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining navbatdan tashqari
IV Majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Majlisni “Maksam-Chirchiq” AJ kasaba ushmasi qo‘mitasi raisi, Kengash a’zosi Abdullayev Baxtiyor Muxamedovich olib bordi.

Respublika kengashi Majlisida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining o‘rinbosari Maxmadaliyev Baxtiyor Xasanovich ishtirok etdi.

Uzoq yillardan buyon Respublika kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Xalilova Mavjuda Xamdamovna pensiyaga chiqishi munosabati bilan raislik vakolatini muddatidan oldin tugatish va mehnat shartnomasini bekor qilishni so‘rab ariza berganligi munosabati bilan M.Xalilovaning vakolati bergan arizasiga asosan muddatdan oldin tugatildi va lavozimidan ozod etildi, Kengash va Ijroiya qo‘mita a’zoligidan chiqarildi hamda Federatsiya Bosh Kengashi a’zoligidan chaqirib olindi.

Kengash Majlisidagi Tashkiliy masala yuzasidan so‘z O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari Maxmadaliyev Baxtiyor Xasanovichga berildi.

B.Maxmadaliyev qisqacha M.Xalilovaning faoliyati haqida to‘xtaldi va uzoq yillar davomida fidokorona hamda zahmadli xizmatlarini taqdirlagan holda Federatsiyaning esdalik sovg‘asini topshirdi.

So‘ng B.Maxmadaliyev Respublika kengashi raisligiga nomzod bo‘yicha taklif kiritdi.

Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi lavozimiga Alimjanova Nigora Adxamovna nomzodi taklif etilib, uning nomzodi bir ovozdan Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi, Kengash va Ijroiya qo‘mita  a’zosi hamda Federatsiya Bosh Kengashi tarkibiga vakil etib saylandi.

Print Friendly, PDF & Email