Joriy yilning 18-may kuni Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi Ijroiya qo’mitasining 9-yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishni respublika Kengashi raisi Xalilova Mavjuda Hamdamovna olib bordi.
Yig’ilishda Ijroiya qo’mita a’zolari va respublika Kengashi apparati xodimlari ishtirok etishdi.
Yig’ilishda davlat dasturi va tarmoq kelishuvlari ijrosi, byudjet, «Farg’onaazot», «Navoiyazot» AJ kasaba uyushma qo’mitalari faoliyatini ustav talablari asosida olib borilishi, mehnat muhofazasi sohasida olib borilgan ishlar, mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishi, yoshlar bilan ishlash komissiyasi faoliyati tog’risida axborotlar tinglandi.
Shuningdek, bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarining yozgi mavsumga tayyorlash ishlarining borishi masalalari muhokama qilindi.
F.Soxibov
Tashkiliy ishlar bo’yicha bosh mutaxassis
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: