IQTIDORLI YOSHLAR BELLASHDILAR

Бош саҳифа Янгиликлар

“O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ, Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyi tashkilotchiligida Innovation technology of science (ITS) Respublika olimpiadasi ikkinchi bosqichi 2023-yil 2-5-may kunlari oralig‘ida Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyida tashkil etildi.

Olimpiadada umumta’lim maktablari, prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar. Olimpiadani tashkil etishdan asosiy maqsad kimyo, biologiya, ingliz tili, fizika, matematika fanlaridan iqtidorli talabalarni saralab olishdir.

ITS-2023 Respublika olimpiadasining 1-bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlarda jami 7 mingdan ziyod 9-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar. Ulardan 830 nafari ikkinchi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 530 nafar o‘quvchi Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyiga kelib o‘z bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdilar. G‘oliblarga homiylar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email